Bosh sahifa / Ma'lumotlarni o'chirish
Ma'lumotlarni o'chirish
Amal qilish sanasi: 2026-yil 24-noyabr
1-usul. Botda (eng tez)
- @Uzbeklidbot ni oching va «📱 Panel» ni bosing;
- «Profil» → «Akkauntni o'chirish» ni tanlang va tasdiqlang.
Facebook ulanishlari, kirish kalitlari, guruhlar, integratsiyalar va shaxsiy ma'lumotlar darhol o'chiriladi; qolgan ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi.
2-usul. Facebook orqali
- Facebook → Sozlamalar va maxfiylik → Sozlamalar;
- «Ilovalar va saytlar» bo'limini oching;
- UzbekLid ni toping va «O'chirish» ni bosing.
Meta bizga avtomatik so'rov yuboradi: Facebook'dan olingan kirish kalitlari, sahifalar, reklama akkauntlari va formalar ma'lumotlari o'chiriladi. Sizga tasdiqlash kodi beriladi.
3-usul. Email orqali
uzbeklid@gmail.com manziliga Telegram username yoki telefon raqamingizni ko'rsatib yozing. So'rov 30 kun ichida bajariladi.
Nimalar o'chiriladi
Telefon raqami, ism, Facebook ulanishlari va kirish kalitlari, sahifalar, formalar, integratsiyalar sozlamalari, lidlar. To'lovlar haqidagi yozuvlar qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi.